
Evropa ligasida hafta futbolchisiga nomzodlar e’lon qilindi
Xabaringiz bor kecha Evropa ligasi guruh bosqichining 5-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bugun esa UEFA rasmiy sayti ushbu musobaqaning joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisiga nomzodlarni e’lon qildi.
Nomzodlar orasidan Olive Jiru ("Chelsi"), Jermeyn Lens ("Beshiktosh"), Brunu Fernandesh ("Sporting") va Xakan Chalxanoglu ("Milan") kabi futbolchila joy olishgan.
Eslatib o‘tamiz, Jiru kecha PAOKga qarshi bahsda dubl qayd etgan edi. Lens esa "Sarpsborg"ga qarshi o‘yinda raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol etishdan tashqari jamoasining bitta goliga assistentlik ham qildi. Fernandesh ham "Karabax"ga qarshi o‘yinda o‘z nomiga dubl yozdirib qo‘yishga erishdi. Chalxanoglu esa "Dyudelanj"ga qarshi qiyin kechgan o‘yinda jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, g‘olib nomi UEFA rasmiy saytida o‘tkazilayotgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra aniqlanadi.
Fikrlar