
Engilmas Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi
Engilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev joriy yilda WBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritganidan xabaringiz bor.
Ergashev o‘zining navbatdagi jangini 19 avgust kuni Moskvada o‘tkazadi va ayni damda metin himoya va tezkor hamda kuchli zarbaga ega bo‘lgan bokschimiz biroz hordiq chiqarganidan so‘ng, yana mashg‘ulotlarga kirishgan.
Shohjahonning bo‘lajak raqibi hozircha ma’lum emas. Bu boradagi xabarni yaqin kunlar ichida saytimiz orqali bilib olasiz.
Manba: Sports.uz
Fikrlar