Ektor Kuper Shimoliy Koreya va Qatarga qarshi o‘yinlar uchun kimlarni chaqirdi?

  • 2 oktabr, 2018, 13:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 6-17 oktyabr kunlari Toshkentda navbatdagi yig‘inni o‘tkazadi. Mazkur yig‘in doirasida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Jumladan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 13 oktyabr kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va 16 oktyabr kuni Qatar milliy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. 

O‘FA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper mazkur yig‘inga quyidagi futbolchilarni chaqirgan:
 
Darvozabonlar
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Eldor Suyunov (“Paxtakor”)
Botirali Ergashev (“Navbahor”)
O‘tkir Yusupov (“Qo‘qon-1912”)
 
Himoyachilar:
Egor Krimets (“Paxtakor”)
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
Sherzod A’zamov (“Paxtakor”)
Doston Tursunov (“Neftchi”)
Oleg Zoteev (“Lokomotiv”)
Vladimir Kozak (“Paxtakor”)
Akmal Shorahmedov (“Paxtakor”)
Davron Hoshimov (“Navbahor”)
 
Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov (“Nasaf”)
Aziz Haydarov (“Bunyodkor”)
Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-1912”)
Ikrom Aliboev (“Lokomotiv”)
Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy)
Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya)
Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA)
Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)
 
Hujumchilar: 
Ivan Nagaev (“Qizilqum”)
Marat Bikmaev (“Lokomotiv”)
Husniddin G‘ofurov (“Lokomotiv”)
 
Mazkur yig‘inga Rossiyaning “Krilya Sovetov” jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov ham chaqirilgandi. Ammo jarohati sababli Denisov yig‘inda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!