EChLdan maktabdagi imtihon muhim!!!

  • 15 mart, 2017, 23:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bayer” jamoasi yarim himoyachisi – Kay Xaverts endigina 17 yoshda. Yosh iqtidor egasi “Atletiko”ga qarshi ilk o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Biroq maktabdagi imtihonlari sabab, Kay Madridda bo‘ladigan javob bahsida ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Har xolda, “dorishunoslar”ning rasmiy twitteri shunday xabar tarqatdi. Biz esa bugun ushbu yosh iqtidor egasi haqida sizlarga hikoya qilmoqchimiz.

Tecno

“U xuddi O‘zil singari chap oyoqda o‘ynaydi”, - deb aytib o‘tgan edi “Bayer” sport direktori Rudi Feller. Futbolchining o‘zi esa quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: “Umuman Mesut bilan o‘xshash jihatlarimiz ko‘p. Men undan xali ko‘p narsani o‘rganishim kerak”.

Ushbu mavsum 17 yoshli Kay Bundesligada 16 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi va sheriklarini 4 marta samarali uzatma bilan ta’minladi. Tan olish kerak, Xaverts Xakan Chalxanogluning diskvalifikatsiyasi sabab bosh jamoaga jalb etildi. Hozirda esa 17 yoshli nemis iqtidori maktabdagi imtihonlari sabab futbolni bir chetga surib qo‘ydi, biroz muddatga albatta.

“Atetiko” bosh murabbiyi Diego Simeone dastlabki uchrashuvdan oldin quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan edi: “Bayer” qanotlarda juda kuchli o‘yin ko‘rsatadi. Ayniqsa, Belarabi xamda Xavertslar o‘ynaydigan qanot”.

O‘sha o‘yinda esa Belarabi gol kiritgan bo‘lsa, yosh iqtidor egasi maydonda 56 daqiqa to‘p surdi. Qayd etish joiz, Kay o‘shanda ilk bor EChLda bir taymdan ko‘p o‘yin o‘tkazdi. O‘sha bahsda “matraschilar” mehmondan 4:2 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytdi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng esa klub rahbariyati jamoani 2014 yildan buyon boshqarib kelayotgan Rodjer Shmidtni vazifasidan ozod etdi. Endilikda “dorishunoslar”ga Tayfun Korkut ustozlik qilmoqda.

“Verder”ga qarshi o‘yinda esa Korkut Xavertssiz o‘yin o‘tkazishga xarakat qildi. Qanotlarda Belarabi va Brantdlar to‘p surishdi. Bizning qahramonimiz esa maydonga 64-daqiqada zahirdan maydonga tushirildi.

“Bayer”dagilarning fikricha, Xavertsga birinchi o‘rinda bilim zarur. Aytaylik Markus Reshfordga o‘tgan mavsum futbol ta’lim olishda xalal bermadi. Donnarumma esa 16 yoshidan buyon “Milan”ning asosiy posboni bo‘lib kelmoqda. “Bayer” esa o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchisining xizmatlaridan “Atletiko”ga qarshi javob bahsida foydalana olmaydigan bo‘ldi.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!