Dzyudochilarimiz Abu-Dabi musobaqasida ishtirok etishadi

  • 19 oktabr, 2018, 16:35
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

27-29 oktyabr kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha navbatdagi yirik musobaqa bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilinishicha, katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etishadi. 

Tecno

Xalqaro dzyudo federatsiyasining ushbu musobaqada ishtirok etuvchi sportchilar ro‘yxatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Abu-Dabi safariga 2 vakilimiz yo‘l olishi haqida ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin. Qayd etilishicha, turnirda -60 kg vazn toifasida Sharofiddin Lutfullaev, -73 kg vazn toifasida esa Hikmatullo To‘raev yurtimiz sharafini himoya qilishadi. 

Xalqaro dzyudo federatsiyasining talabiga ko‘ra, terma jamoa murabbiylari qur’a tashlash marosimiga 2 soat qolgunicha tarkibga o‘zgartirish kiritishlari mumkin. Demakki, sportchilarimizning ro‘yxati hali kattalashishi ehtimoli bor. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!