
Donnarumma yozda "Milan"ni tark etmoqchi
“Milan” klubi darvozaboni Janluiji Donnarumma yozgi transferlar mavsumida jamoani tark etmoqchi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, yosh darvozabon klub rahbariyati bilan munosabatlari yomonlashib bormoqda va mavsum yakunida boshqa jamoaga o‘tishi mumkin.
“Napoli”ning Pepe Reyna bilan yaqin kunlarda e’lon qilinishi kerak bo‘lgan shartnoma ko‘p jihatdan Donnarumma bilan bog‘liq. Ispaniyalik futbolchi yangi mavsumda jamoaning birinchi raqamli posboni bo‘ladi. Italiyalik futbolchi transferi uchun “Milan” 60 mln evrodan kam olmoqchi emas.
19 yoshli Donnarumma bu mavsum Italiya “A” seriyasida 27 o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar