Cherchesovga Bundesliga klubidan taklif bo‘lmoqda

  • 13 iyul, 2018, 10:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesovga Germaniya Bundesligasi klubidan jiddiy taklif kelib tushgan.

Tecno

Rus OAVlari tarqatgan xabarga ko‘ra Cherchesovga qiziqayotgan jamoa Bundesliga grandlaridan emas. Ammo, shunga qaramay ular rossiyalik mutaxassisga yangi mavsumda klubni boshqarishni taklif qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Rossiya futbol ittifoqi Cherchesovni terma jamoada saqlab qolish va u bilan amaldagi kelishuvni 2022 yilga qadar uzaytirishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qayd etish lozimki, aynan Cherchesov boshqaruvidagi Rossiya terma jamoasi JCh-2018da chorak finalga qadar etib kela oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!