
“Chelsi” va “Manchester Siti” Uokerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Londonning “Tottenxem” klubi o‘ng qanot himoyachisi Kayl Uoker yozgi transfer davrida boshqa ingliz klubiga o‘tishi mumkin.
Daily Mail nashrining xabar berishicha 26 yoshli futbolchining xizmatlariga “Chelsi” va “Manchester Siti” klubilari jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Ta’kidlash kerakki, har ikkala jamoa ham futbolchining maoshini haftasiga 70 ming funtgacha oshirishga tayyor.
O‘z navbatida “shporlar” futbolchisini 40 mln evroga baholashmoqda. Ammo, talabgorlarga qarab bu summa oshishi ham mumkin.
Fikrlar