
Bokschilarimiz xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi
Joriy yilning 4-7 oktyabr kunlari Qozog‘istonning Aktau shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida qozoq boks maktabi asoschisi Shokir Bultekul xotirasiga bag‘ishlangan X xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Bugun boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketdi. Turnir boshlangunga qadar sportchilarimiz tayyorgarlikni o‘sha erda davom ettirishadi.
Termamiz bu turnirda to‘liq tarkib – 10 nafar bokschi bilan qatnashadi. Shuningdek, To‘lqin Qilichev va Rustam Saidov murabbiylar shtabidan o‘rin olgan bo‘lsa, Bekjon Yusupov hakam sifatida ishlaydi.
To‘liq tarkib bilan tanishing:
49 kg
Mironshoh Ibrohimov
52 kg
Foziljon Abdumurodov
56 kg
Murodjon Axmadaliev
60 kg
Elnur Abduraimov
64 kg
Otabek Xolmatov
69 kg
Odiljon Aslonov
75 kg
Isroil Madrimov
81 kg
Madiyar Saidrahimov
91 kg
Sanjar Tursunov
+91 kg
Bahodir Jalolov
Fikrlar