Bokschilarimiz Rossiyada tengsiz!

  • 25 noyabr, 2017, 16:36
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Rossiyaning Kamensk-Uralskiy shahrida boks bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir o‘tkazildi.

Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tgan turnirda bokschilarimiz mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.

Turnirda Samandar Xolmurodov, Abdumalik Xoliqov, Xalimbek Utenenov, Jahongir Rahmonov, Manguberdi Abdurasulov, Jamshid Mahamadaliev o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Umidli bokschilarimizdan Sodir Kamolmirzaev, Alimardon Abdujabborov esa kumush medal sohibi bo‘ldi. Shuningdek, o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda Otabek Ahadov va Komiljon Yusupov birinchi o‘rindan joy oldi.

O‘smirlar terma jamoamiz nufuzli turnirda shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!