
"Boka Xuniors"ning jarohat olgan futbolchisi: Final bayramga aylanishi kerak, jang maydoniga emas
Kecha Libertadores kubogi finali oldidan "River Pleyt" muxlislari tomonidan uyushtirilgan hujum chog‘ida ko‘zidan jarohat olgan "Boka Xuniors" yarim himoyachisi Pablo Peres o‘zini qanday his qilayotgani haqida aytib o‘tdi.
“Men judayam xafaman. Chunki, final xuddi bayramdek bo‘lishi kerak, jang maydoni emas. Shifokorlarning aytishicha ko‘zimning ayrim qismi jiddiy jarohatlangan. Ushbu bahsda ishtirok eta olamanmi yoki yo‘q buni bilmayman. Ayni damda juda ham darg‘azabman”, - deydi Peres.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq ushbu futbolchi klub vakillariga uchrashuvda ishtirok etishni xohlayotgani haqida aytgan edi. Aytish lozimki, "River Pleyt" - "Boka Xuniors" bahsi kecha bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo, sodir bo‘lgan tartibsizlikdan so‘ng uchrashuv bugunga qoldirildi.
Fikrlar