
Bilasizmi? “Sassuolo” hujumchisining A Seriyada urgan golidan ko‘ra uning olgan sariq kartochkalari ko‘proq
“Sassuolo” forvardi Domeniko Berardi bugun A Seriyaning 11- turida “Kevo”ga (2:0) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
E’tiborlisi, bu 24 yoshli italiyalik futbolchi uchun A Seriyadagi 152 o‘yinda olingan 50-sariq kartochka edi. Bundan tashqari uning hisobida 49ta gol ham mavjud.
Ma’lumot uchun, Berrardi Italiya A Seriyasida 2013 yilda debyut qilgan.
Fikrlar