
Bilasizmi? "Monako"ning g‘alabasiz seriyasi 16ta o‘yinga etdi (FOTO)
Xabaringiz bor kecha “Monako” Frantsiya chempionatining 13-turida o‘z maydonida PSJga (4:0) yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ta’kidlash lozimki, shu tariqa monakoliklarning g‘alabasiz seriyasi 16 ta o‘yinga etdi. Ular ushbu uchrashuvlarning 11tasida mag‘lub bo‘lishgan bo‘lishsa, qolgan 5tasida durang qayd etishgan.
“Monako” Leonard Jardim iste’foga chiqqunicha qatorasiga 10ta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi (7ta mag‘lubiyat, 3ta durang). Shundan so‘ng jamoaga Terri Anri keldi. Biroq, u ham vaziyatni o‘nglay olmayapti. Anri boshchiligidagi “Monako” hozirgacha jami 6ta o‘yin o‘tkazdi va ularning birortasida g‘alaba qozona olmadi (4ta mag‘lubiyat, 2ta durang).
Fikrlar