
Bezerraning jamoasi Eto'O to‘p tepadigan klubdan ustun keldi
"Paxtakor"dagi ajoyib o‘yinlari bilan muxlislarning olqishiga sazovor bo‘lgan braziliyalik futbolchi "Al-Xor" jamoasi safiga ko‘chib o‘tgan edi.
Bugun esa Qatarda 17-tur o‘yinlari davom ettirildi. Aynan Bezerra to‘p tepadigan "Al Xor" o‘z uyida "Qatar SK" bilan kuch sinashdi.
Mazkur uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, "Al Xor"ning dastlabki goliga aynan Bezerra mualliflik qildi. Ma’lumot uchun, "Qatar SK" safida kamerunlik mashhur hujumchi Samuel Eto'O to‘p tepadi va bugun ham raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi.
Bugungi muvaffaqiyatdan so‘ng "Al Xor" klubi hisobidagi ochkolar soni 12 taga etdi va jamoa hamon turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda.
Qatar Yulduzlar ligasi. 17-tur
"Al Xor" - "Qatar SK" 3:1
Gollar: Bezerra (40 penaltidan), Vagner (51), Musaab Abdulmajid (90+4) - Eto'O (70 penaltidan).
Fikrlar