"Best Bromvich Albion" hujumchisini raqib tarkibiga jo‘natib yubordi

  • 21 yanvar, 2017, 08:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasi musaba jadvalida ketma-ket joylashgan "Vest Bromvich Albion" va "Stok Siti" hujumchi Saido Beraino transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Tecno
 

Uch nafar hujumchiga ega "Vest Bromvich Albion" asosiy tarkibga kira olmayotgan angliyalik futbolchini raqib jamoaga berishga rozi bo‘ldi. Bu hujumchi uchun "Stok Siti" 12 million funtdan voz kechdi. Ushbu jamoa tarkibida jami olti nafar hujumchi to‘p surmoqda. Ular orasida Piter Krauch va Boyan Krkich kabi mashhur to‘purarlar ham bor. Biroq bu yil ularning "ovi" baroridan kelmayapti.

Saido Beraino "Stok Siti" bilan besh yarim yilga shartnoma imzoladi. 23 yoshli futbolchining o‘yini kuchayib ketsa, "Stok Siti" turli bonuslar orqali "Vest Bromvich Albion"ga yana uch million evro beradi.

"Vest Bromvich Albion" tarbiyalanuvchisi hisoblangan Saido Beraino ushbu jamoa uchun jami 121 ta uchrashuv o‘tkazib, 36 ta gol urgan. Biroq bu mavsumda futbolchi APLda atigi to‘rt marotaba maydonga tushib, o‘zini ko‘rsata olmadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!