
“Barselona” hujumchisini atigi 1,05 mln evroga sotdi
“Barselona” hujumchisi Munir El-Xaddadi o‘z faoliyatini “Sevilya”da davom ettiradigan bo‘ldi. Tomonlar o‘zaro transfer borasila kelishuvga erishdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar 23 yoshli futbolchining transferidan atigi 1,05 million evro ishlab oldi.
Joriy mavsumda Munir La Liganing 7 o‘yinida ishtirok etib, 1 ta gol va 1 ta golli pasga mualliflik qildi.
Fikrlar