“Barselona” hujumchisini “Torino”ga sotmoqda

  • 30 avgust, 2017, 17:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi hujumchisi Munir El-Xaddadi jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi.

Tecno

Italiyaning “Torino” klubi Munir borasida kelishuvga erishgani aytilmoqda. Italyan nashrlarida yozishlaricha, yaqin soatlar ichida bu borada rasmiy xabar e’lon qilinadi. Ayni vaqtda jamoalar bitta narsa bobida kelisha olmayaptilar.

Ya’ni, “Barselona”da Munirni yana qayta sotib olish imkoniyati bo‘ladimi, degan savolga echim topilmadi.

Munirga “Torino”dan tashqari Angliyaning “Kristal Pelas” jamoasi ham qiziqish bildirmoqda. “Burgutlar” ustozi El-Xaddadining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda va uni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Futbolchining o‘zi esa bu borada yakuniy qarorini aytgani yo‘q.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!