
“Barselona” etakchilari "Selta"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi
“Barselona” klubi Ispaniya chempionati 33-turida “Selta” bilan kuch sinashadi. Barcablaugranes nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, katalonliklar ustozi Ernesto Valverde jamoa etakchilari Jerar Pike, Andres Inesta va Serxio Busketsni maydonga tushirmaslikka qaror qilgan.
“Selta” bilan bo‘ladigan safr uchrashuviga bosh murabbiy 18 futbolchini olib ketgan. Tarkib bilan tanishing:
Darvozabon: Mark-Andre ter Shtegen, Yasper Sillessen.
Himoyachilar: Nelson Semedu, Jordi Alba, Luka Din, Serxi Roberto, Samuel Yumtiti, Yerri Mina, Tomas Vermalen.
Yarim himoyachilar: Denis Suares, Filippe Koutino, Paulino, Andre Gomesh, Aleysh Vidal.
Hujumchilar: Luis Suares, Lionel Messi, Usman Dembele, Pako Alkaser.
Fikrlar