“Barselona” Neymardan so‘ng yana bir hujumchisini sotmoqchi

  • 23 avgust, 2017, 16:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi hujumchisi Munir El-Xaddadi bosh murabbiy Erneste Valverdening rejalariga kirmaydi.

Tecno

“Barselona” ushbu futbolchini 20 mln evrodan kam pulga sotmoqchi emas. Transfer oynasi yopilishga oz muddat qolganligi tufayli hujumchi ijaraga berilishi mumkin.

Munirga “Roma”, “Lester”, “Deportivo” va “Las-Palmas” jamoalari qiziqish bildirmoqda. Biroq ular 20 mln evro to‘lashga tayyor emaslar.

Ma’lumot uchun, Munir o‘tgan mavsum “Valensiya” safida ijara asosida to‘p surdi va 33 bahsda ishtirok etib, 6 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!