
Balotelliga Osiyo klublaridan super takliflar bo‘lmoqda
So‘nggi mavsumlarni Frantsiyaning “Nitstsa” klubida o‘tkazgan va ayni damda erkin agent maqomida yurgan hujumchi Mario Balotelliga Osiyo jamoalaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.
France Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli italiyalik futbolchiga Xitoy klubi yiliga 30 million, BAA klubi esa 15 million evro maosh taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Balotelli yangi mavsumga “Nitstsa” safida tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar