
Balde Keyta: «Inter» «Yuventus»dan qo‘rqmaydi
Mavsumlar oralig‘ida “Inter” safiga kelib qo‘shilgan hujumchi Balde Keyta yangi jamoasiga moslashish jarayona qanday kechayotgani haqida gapirib o‘tdi.
“Bu erda ishlash uchun qulay bo‘lgan ajoyib muhit bor. Taqdir meni A Seriyaga yubordi. Spalletti menga xotirjam bo‘lib o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlashimni va jamoaga yordam berishimni aytdi.
Frantsiya chempionati menga yaxshi edi. Lekin bu erdan taklif bo‘lganida uni rad eta olmasdim. Italiya chempionati hamisha jangovor bo‘lgan. Bu erda kuchli futbolchilar ko‘p.
Biz “Yuventus”dan qo‘rqmaymiz. Umuman olganda biz kimdandir qo‘rqishimiz kerak emas”, - deydi senegallik futbolchi.
Fikrlar