"Atletiko" futbolchisi 7 oyga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

  • 7 fevral, 2017, 11:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq, Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Lukas Ernandes zo‘ravonlik qilgani uchun politsiya tomonidan qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, prokuror Ernandesni 7 oyga ozodlikdan maxrum etishni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli frantsuz o‘z qiz do‘sti bo‘lgan Amelii Lorenteni kaltaklagan, jabrlanuvchi esa keyin shifoxonaga yuborilgan edi. Ammo, qizning sog‘ligiga jiddiy zarar etmagan. Biroq, futbolchi shu kunning o‘zida politsiya tomonidan hibsga olingan edi.

Ma’lumot uchun, Diego Simeone Lukas Ernandesni bugun bo‘lib o‘tadigan “Barselona”ga qarshi Ispaniya kubogi yarim final javob uchrashuvi qaydnomasiga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!