"Atletiko" etakchisi "Barselona"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishga tayyor

  • 20 noyabr, 2018, 22:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi forvardi Diego Kosta jarohatidan forig‘ bo‘ldi va u La Liganing 13-turidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi bahsda ishtirok eta oladi.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 29 yoshli hujumchi bugun “matraschilar”ning umumiy guruhida to‘liq hajmda shug‘ullandi. Bundan tashqari mashg‘ulotlarga shuningdek  Stefan Savich va Lukas Ernandes kabi himoyachilar ham qo‘shilishdi.

Diego Godin, Koke va Toma Lemar kabi futbolchilarning ushbu bahsda ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda. Xose Ximenes esa umuman maydonga tusha olmaydi.

Ma’lumot uchun, "Atletiko" - "Barselona" uchrashuvi 24 noyabr kuni "Vanda Metropolitano" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!