
"Arsenal" qishda "Chelsi" yoki MYu himoyachisini sotib olmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi o‘zining asosiy himoyachisi Rob Xolding jiddiy jarohat olgach uning o‘rniga munosib himoyachi qidirishni boshlab yubordi.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” bu borada Gari Kexill (“Chelsi”) va Erik Bayi (“Manchester Yunayted”) nomzodini ko‘rib chiqishmoqda. Ta’kidlash kerakki, har ikkala futbolchi ham o‘z jamoalarida deyarli zaxira futbolchisiga aylanib qolishgan va “Arsenal”ning taklifi ularga har tomonlama ma’qul qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yanvarda Evropada rasman qishki transferlar derazasi ochiladi.
Fikrlar