Andijonda murabbiylarning bilimini yangilash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

  • 25 yanvar, 2019, 17:59
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizdagi murabbiylarning malakasini muntazam ravishda oshirib borish va murabbiylik sohasini rivojlantirish maqsadida turli seminarlar o‘tkazib kelinmoqda. 
 
Jumladan, 23-24 yanvar kunlari Andijon shahrida bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari murabbiylarining malakasini oshirish maqsadida seminar o‘tkazildi. Seminar davomida futbolchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish, ularni uchrashuvlarga ruhan tayyorlash, mashg‘ulotlar davomida zamonaviy vositalardan foydalanish, konspekt yuritish va o‘z faoliyatini muntazam tahlil qilib borish masalalari muhokama qilindi.
 
Mazkur seminar O‘FA Murabbiylar tayyorlash boshqarmasi direktori Shavkat Imamov tomonidan olib borildi. Seminar yakunlari bo‘yicha qatnashchilardan nazariy va amaliy imtihonlar olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!