"Andijon" yig‘inni Toshkentda davom ettiradi

  • 7 yanvar, 2019, 17:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor "Andijon" yangi mavsumga 3 yanvardan boshlab o‘z qarorgohida tayyorgarlikni boshlab yuborgan edi.

Tecno

Bugun rejaga ko‘ra, «burgutlar» mahalliy «UzTongXonKo» jamoasiga qarshi maydonga chiqdi. Mazkur nazorat uchrashuvida tajriba o‘z so‘zini aytib, «burgutlar» 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Darvoqe, bosh murabbiy Ildar Sakaev va uning yordamchisi Amet Memet kecha Andijonga etib keldi. Bugungi o‘yinni mazkur murabbiylar ham bevosita kuzatib bordi. Tarkibga tajribali himoyachi Ruslan Melzitdinov kelib qo‘shilganini aytish lozim.

Bugungi nazorat o‘yinidan keyin jamoa a’zolariga bir kunlik dam berildi. Endi andijonliklarning yig‘ini 9 yanvardan Toshkentda davom ettiriladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 10 yanvardan tarkibga yana bir qator yangi futbolchilar kelib qo‘shilishi kutilmoqda. 

Shuningdek poytaxtdagi yig‘in chog‘ida bir nechta nazorat uchrashuvlarini tashkil etish ham rejadan o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!