
Ana xolos! Balotellining "Marsel"ga transferi barbod bo‘lishi mumkin
"Nitstsa" klubi o‘zining sobiq hujumchisi Mario Balotellining "Marsel"ga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Football Italia nashrining xabar berishicha “Nitstsa” rahbariyati italiyalik futbolchi imzolagan shartnomaga ko‘ra uni yana bir yilga uzaytirish huquqidan foydalanishmoqchi va aynan shu yo‘l bilan uni jamoada olib qolishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, Balotellining texnik shartnomasi o‘tgan oy oxirida yakunlangan va u jamoasini o‘zgartirish niyati.
Agar “Nitstsa” Balotelli bilan imzolangan shartnoma bandlaridan foydalana olsa, u holda futbolchi uchun uning yangi jamoasidan 10 mln evro talab qilishi mumkin.
Fikrlar