
"Al-Nassr" - AGMK o‘yinida qaysi hakamlar ishlashi ma’lum
OFK mazkur bellashuvni boshqarib boradigan hakamlar nomini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Ar-Riyod shahrida kechadigan uchrashuvni singapurlik Muhammad Taqi boshliq hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Li Tsu Liang va Ronni Kox Min Kiatlar yordamlashadi.
To‘rtinchi hakam esa malayziyalik Razlan Joffri Alidir. Eslatib o‘tamiz, "Al-Nassr" - AGMK o‘yini 19 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.
Fikrlar