
AQShga ketadigan Xediraning "Yuventus"dagi o‘rnini kim egallaydi?
Avval xabar berganimizdek Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Sami Xedira mavsum yakunlangach AQSh chempionati tomon yo‘l olishi mumkin.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” germaniyalik futbolchining o‘rniga boshqa bir germaniyalik futbolchini olib kelmoqchi. Aniqrog‘i, Turin super klubi Xediraning o‘rniga 2018 yilda “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi yakuniga etadigan Emre Janni ko‘zlashmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda 2015 yildan buyon “Yuventus” safida to‘p surib kelayotgan Xedira MLS klublaridan biriga o‘tadi.
Fikrlar