AQSh promouterlik tashkilotlari Shaxram, Bektemir, Isroilga qiziqish bildirmoqda

  • 7 oktabr, 2017, 10:16
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ma’lumki, so‘nggi yillarda yurtimiz bokschilari nafaqat havaskor ringlarda, balki professional ringlarda ham nimalarga qodirligini isbotlab kelishmoqda.

Tecno

Ayni damda Shohjahon Ergashev, Qudratillo Abduqahhorov, Azizbek Abdug‘afforov, Fazliddin G‘oibnazarov, Xurshidbek Normatov va boshqa charm qo‘lqop ustalari mag‘lubiyatsiz yurishlari davom ettirmoqdalar.

Yaqin vaqtlar ichida ular safiga yana bir nechta bokschilarimiz qo‘shilishlari mumkin. Bu haqda terma jamoamiz ustozlaridan biri To‘lqin Qilichev Aktauda o‘tayotgan boks bo‘yicha Shokir Boltekul xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda bergan intervyularidan birida ma’lum qilgan.

Okeanorti (AQSh) promouterlik tashkilotlari Murodjon Axmadaliev, Shaxram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziev, Isroil Madrimov va boshqa bokschilarizga qiziqish bildirmoqda, ammo yana bir bor aytaman noyabr oxirida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi va chempionat yakunlaridan so‘ng kimning professional boksga o‘tishi yoki qolishi aniq bo‘ladi. Bundan tashqari chempionatdan so‘ng terma jamoamiz takribi 60-70 %ga o‘zgaradi, – deydi To‘lqin Qilichev.

To‘liq intervyuni birozdan so‘ng saytimizda o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!