
AGMK futbolchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi, ular orasida yangi futbolchilar ham bor
Klub kecha o‘yinchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. AGMK matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, dastlabki tibbiy ko‘rikda jamoa tarkibida shug‘ullanayotgan 24 nafar futbolchi ishtirok etdi. Ular ichida bir qator yangilar ham mavjud bo‘lib, jamoa tarkibida shug‘ullanayotgan yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolanish arafasida turibdi. San’at Shixov, Sardor Rahmonov, Akbar To‘raev, Bobur Yo‘ldoshev, Shahzod Shaymanov, Murod Toshmatov va Mirg‘iyos Sulaymonovlar shular jumlasidandir.
Eslatib o‘tamiz, AGMK 12 fevral kuni OChL-2019 saralashi doirasida Tojikistonning “Istiqlol” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar