
90 million evro: Xavi suyangan yulduzni tortib olishmoqchi
PSJ klubi kelasi mavsum oldidan tarkibini yanada kuchaytirishni mo‘ljallamoqda. Parijliklar himoya markazini ushlab turgan tajribali o‘yinchilar – Serxio Ramos va Markino o‘rniga iste’dodli yosh himoyachilarni olishni ko‘zlayapti.
Fichajes nashrining yozishicha, Parij klubi “Barselona”da ishonchli o‘yin namoyish qilayotgan Ronald Arauxoni olmoqchi.
23 yoshli urugvaylik futbolchini kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi Ernandes sotilmaydigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritgan. Lekin PSJ mutasaddilari transfer masalasini katta summa evaziga xal qilishga urinib ko‘radi.
PSJ Arauxo uchun “Barsa”ga 90 million evro tikmoqchi. Bu summa klub prezidenti Joan Laportani qiziqtirishi mumkin.
Arauxo “Barselona”ning asosiy jamoasida 101 marta maydonga tushib, o‘z vazifasini bajarishdan tashqari, ettita to‘p kiritishga ham ulgurdi.
Fikrlar