9 yil "Real"da o‘ynagan Ronaldu "Barselona" futbolchisini qo‘llab-quvvatladi

  • 3 aprel, 2021, 08:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Barselona"ning yosh iqtidorli futbolchisi Ansu Fatini qo‘llab-quvvatladi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli ispaniyalik futbolchi 2020 yilning 7 noyabr kuni tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi. Shifokorlar uning bu mavsum boshqa maydonga tusholmasligini taxmin qilmoqda.

“Real” Madridning sobiq etakchisi ijtimoiy tarmoqlarda “Barsa” futbolchisining asta-sekin reabilitatsiya mashqlarini bajarayotgani aks etgan videorolikka munosabat bildirdi.

"Olg‘a, Ansu Fati! Sen tez orada maydonga qaytasan! To‘xtama!", - deb yozdi Ronaldu o‘zining instagramdagi sahifasida.

36 yoshli Ronaldu 2009-2018 yillarda “Barselona”ning azaliy raqibi hisoblangan “Real” Madrid safida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!