75 yillik qamoq, odam savdosi va o‘g‘rilik! Darvozabonlarning xunuk hikoyalari

  • 12 fevral, 2021, 21:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Darvozabonlarning qonida taqiqlangan moddalarning aniqlanishi juda kam kuzatiladigan holat. Shunga qaramay, ba’zan posbonlar bunday muammolar bilan to‘qnash keladi. Bugun futbol tarixidagi eng g‘alati voqealarni yodga olamiz.

Tecno

Bernar Lama: Xabarim yo‘q edi

dff

Bernar PSJ safida Turinning «Yuventus» klubi bilan UEFA Superkubogida to‘qnash keladi. Ikki uchrashuvda umumiy 9 ta gol o‘tkazib yuborgach, chuqur depressiyaga tushib qoladi.

Bundan chiqib ketish maqsadida darvozabon taqiqlangan gashish moddasini iste’mol qiladi. Bu sir fosh bo‘lishidan oldin, uni Frantsiya terma jamoasiga 2-raqamli darvozabon sifatida chorlashadi.

Uning qonida gashish moddasi bor ekanligini ma’lum bo‘lgach, futboldan 8 oyga chetlatiladi. Bernar esa, bu qarorga rozi bo‘lmaydi.

«Men alkogol va sigaret singari gashishni ham iste’mol qilish mumkin, deb o‘ylabman. Axir, Frantsiyaning istalgan qorong‘i ko‘chalaridan uni topish mumkin-ku!»

Bu hazil aralash so‘zlar manzilga etib borgach, uning diskvalifikatsiya 8 oydan 2 oygacha qisqartirildi. Oqibatda, Bernar terma safida avvaliga JCh, keyin Evropa chempioniga aylandi.

Igitaning tug‘ilgan kuniga sovg‘a

puko‘pluo‘klpuo‘kl

“Chayon” uslubida to‘pni to‘sib qolgan Reneni barcha yaxshi taniydi. U o‘z vaqtida gol kiritish borasida ham benazir edi. Faoliyatida 41 ta gol urgan kiper ham giyohvand moddalar bilan to‘qnash kelgan.

Avvaliga, 2002 yilda uni kokain bilan qo‘lga olishgan. Oradan 2 yil o‘tib, Ekvadorda huquqni himoya qilish organlari tomonidan yana ushlanadi. Birinchi bor oson qutilgan bo‘lsa, ikkinchisida 6 oyga futboldan chetlatiladi. Pablo Eskobarning qalin do‘sti bo‘lgan Reneni bu voqea hayron qoldirgani yo‘q.

Oradan bir necha yil o‘tib, Rene yana bir bor turmani «ziyorat» qilishga majbur bo‘ldi. Bu safar, taniqli futbolchi Kolumbiyadagi boshqa narkobaron – Molinaga ko‘mak berayotganda qo‘lga olinadi.

«Uning qizini jinoyatchilar garovga olgan edi. Ular talab qilgan pulni aytilgan joyga etkazib berish kerak. Men bu ishni qilishga qaror qildim. Kolumbiya politsiyasi bunday operatsiyalarni amalga oshirmaydi. Do‘stimning qizini qutqarib qolish maqsadida pullarni o‘zim olib borganim uchun qamoqxonaga tashlashdi».

Kolumbiya sudi Igitani 6 oyga hukm qilgan bo‘lsa-da, futbolchi 1 oydan so‘ng, ozodlikka qo‘yib yuboriladi.

Islandiyalik basketbolchi va o‘g‘ri Olaf

Olaf Gottskalksson yangi asr boshida basketbol va futbol bilan parallel tarzda shug‘ullanadi. Aholisi kam Islandiya uchun bu odatiy hol. Olaf hatto Islandiya futbol jamoasi sharafini 10 ta o‘yinda himoya qilishga ham muvaffaq bo‘lgan.

2000 yilda u Angliyaga ko‘chib o‘tadi. Afsuski, bu ko‘chib o‘tish unga omadli kelmadi. Sportchi narkotik moddalar iste’mol qilishni boshlaydi. 2005 yilda «Torki Yunayted» klubi u bilan aynan shu illat sababli shartnomani bekor qiladi. Britaniyada ishsiz qolib ketgan Gottskalksson jinoyatga qo‘l uradi. U o‘g‘rilik qilishni boshlaydi. 2010 yilda badavlat xonadonlardan biriga o‘g‘rilikka tushganida qo‘lga olinadi. Angliya sudi uni o‘z vataniga qaytarib yuboradi. Islandiya sudi esa, uni ortiqcha shov-shuvsiz bir necha kundan so‘ng, uni qo‘yib yuboradi.

Oradan 5 yil o‘tgach, sobiq futbolchi o‘z ulovida politsiya xodimlarining avtomashinasiga borib uriladi. Ma’lum bo‘lishicha, baxtsiz hodisa ro‘y bergan payt Olaf g‘irt mast holda edi. Mashinaning orqasida esa, 5 yoshli o‘g‘li bo‘lgan. Farzandining yagona boquvchisi bo‘lgani uchun, Islandiya sudi uni narkotik va alkogoldan qutulishi uchun shifoxonaga yotqizdi.

Pedd Kenni va yo‘taldan dori

moshukshoushokauk

«Sheffild Yunayted» kiperi Pedd ixtiyotkorsizlik qilgani uchun jazolangani ko‘pchilikning yodida emas. 2009 yilda qahramonimiz doktorning retseptisiz dorixonadan yo‘talgan qarshi preparat sotib oladi. Ushbu dori tarkibida gidroxlorid va eferdin bor ekanligi keyin ma’lum bo‘ladi. Bu omma yuzini ko‘rgach, Kenni atayin qilmaganini tan oldi. Shunga qaramay, uni 9 oyga futboldan chetlatishdi.

Frantsiyalik darvozabondan farqli o‘laroq, Britaniyada qonunlar ancha jiddiy. Qahramonimiz futbol jamoasi bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etish maqsadida bazaga tashrif buyurganida, uni ichkariga kiritishmadi. Oradan bir hafta o‘tgach, klub o‘rtadagi shartnomani bekor qildi. Yo‘talga qarshi dori sababli, Kenni «Sheffild» tomonidan chetga surib tashlandi.

9 oydan so‘ng, Irlandiya terma jamoasi sobiq a’zosi «Bolton», «Lids» singari jamoalarda to‘p surdi, biroq faoliyatini qayta tiklashga urinishlar omadsiz yakunlandi.

Omar Ortis va 75 yil

lpщukplщuklpщuklp

Meksikada juda taniqli bo‘lgan Ortis bir nechta mahalliy klublar sharafini himoya qilgan. Hatto, bir bor terma jamoa libosida maydonga ham tushgan. 2010 yilda tajribali futbolchini doping testi ko‘pchilikni hayron qoldirdi. Ikki bor ketma-ket topshirilgan test ijobiy chiqqach, «mushuk» laqabli kiper qo‘lqoplarini mixga ilib yubordi. Barchasi shu erda yakun topishi mumkin edi, biroq…

2012 yilda Meksika huquqni himoya qilish organlari uni qo‘lga oladi. Ma’lum bo‘lishicha, Ortis Mexikoning eng katta jinoiy guruhi a’zosi bo‘lgan. U futboldan ketgach, narkokartelda faoliyat olib boradi. Bundan tashqari, badavlat insonlarning farzandlarini garovga olish va bundan pul undirish maqsadida tuzilgan jinoiy guruhning vakili ekan. Uning qo‘l ostida naqd 20 ta bola garovga olinadi.

Achinarlisi shundaki, 2 bola operatsiya chog‘ida olamdan o‘tadi. Sobiq futbolchining amalga oshirgan jinoyatlari sababli, mamlakat sudi uni 75 yilga qamoq jazosiga hukm qildi.

Andre Onana va g‘alati aspirin

pщulkщpluщklpщuk

Gollandiyaning «Ayaks» jamoasi a’zosi Andre Onana yaqinda UEFA tomonidan jazolandi. Kamerunlik futbolchi boshi og‘rigani uchun sevgilisidan dori olib kelishini iltimos qiladi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, bu aspirin bo‘lmagan. Boz ustiga, u qabul qilgan dori tarkibida furosemed moddasi mavjud edi. Bu qabul qilingan dopingning tezroq organizmni tark etishi uchun qo‘l keladigan modda. Katta ehtimol bilan, Onana kamida 1 yilga futboldan chetlatilishi mumkin.

Bu vaziyatda kimdir futbolchining yonini olishga urinishi mumkin, biroq 24 yoshli professional futbolchi qanday dorini qabul qilayotganini bilishi lozim. Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!