
36 yoshli Kvalyarella A Seriya to‘purariga aylanib oldi
"Sampdoriya" klubi forvardi Fabio Kvalyarella ayni damda A Seriya 26-turidan o‘rin olgan SPALga (2:0, ikkinchi bo‘lib) qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.
E’tiborlisi, 36 yoshli futbolchi shu tariqa o‘zining chempionatdagi gollari sonini 19taga etkazib oldi va to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilayotgan “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronalduga etib oldi.
Bundan tashqari Kvalyarella "Sampdoriya" tarixida qatorasiga 2ta mavsumda 19tadan kam gol urmagan ikkinchi futbolchiga aylandi.
Fikrlar