
3 nafar sportchimiz musobaqani medallarsiz yakunlaydigan bo‘ldi
Vengriyaning Budapesht shahrida davom etayogan sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqaning erkin kurash bashlariga ishtirok etayotgan polvonlarimizning 3 nafari turnirni medallarsiz yakunlashi ma’lum bo‘ldi.
Xususan, -57 kg vazn toifasida Nodirjon Safarov 1/8 final bosqichida turkiyalik Suleyman Atliga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Turkiya vakili esa keyingi bosqichda Qozog‘iston vakili Nurislam Sanaev to‘sig‘idan o‘ta olmadi.
Shuningdek, -79 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Rashid Qurbonov ham armanistonlik Grigor Grigoryanni engishning uddasidan chiqa olmagandi. Grigoryan esa chorak finalda eronlik Izzatulloh Akbarizarinkolayiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va oltin medal uchun kurashdan chiqdi.
Bundan tashqari, -92 kg vazn toifasidagi polvonlar o‘rtasida o‘tkazilgan saralash bosqichida hamyurtimiz Aziz Solievni mag‘lub etgan polshalik Sebastyan Jezerzanski ham Rossiya vakili Batirbek Tsakulov to‘sig‘idan o‘ta olmadi va Solievni medallar uchun kurashish huquqidan mahrum qildi.
Fikrlar