
1896 yilda o‘tkazilgan zamonaviy tarixdagi ilk Olimpiya o‘yinlarining medali auktsionda sotilishi mumkin
1896 yilda Afinada bo‘lib o‘tgan birinchi zamonaviy Olimpiya o‘yinlari medali kim oshdi savdosida sotilishi mumkin.
Bronza medali avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Uning hozirgi egasi Buyuk Britaniyaning Shropshir shahridagi uyini tozalash vaqtida ushbu medalga duch kelgan.
Aytish kerakki, 1896 yilgi o‘yinlarda medal ikkinchi o‘rinni egallagan kishiga ham bronza medali topshirilgan (oltin, kumush va bronzadan iborat zamonaviy tizim 1904 yilda paydo bo‘lgan). Medal aynan qaysi sportchiga tegishli ekani hozirgacha noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Medalning diametri ikki dyuymga teng. Old tomonida Zevs xudosi tasvirlangan, orqa tomonida yunoncha “Birinchi xalqaro Olimpiya o‘yinlari, Afina-1896” yozuvi bor.
Mullock’s Auctioneers auktsion uyi mutaxassislari buyumni 20 dan 25 ming funt sterlinggacha baholagan.
Fikrlar