
17 yoshli futbolchi “Barsa”dan yulduz maoshini talab qilyapti
“Barselona”ning 17 yoshli futbolchisi Gavi klub bilan yangi shartnoma tuzishga shoshilmayapti. Chunki klub mutasaddilari va o‘yinchining agentlari bir masalada hech kelisha olmayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, klub Gavini yoshlar jamoasi o‘yinchisi, deb hisoblaydi. Agentlar esa, bu o‘yinchi yosh bo‘lishiga qaramay, jahon darajasidagi yulduzlar qatorida ekanini ta’kidlamoqda. Bu o‘yinchiga maosh belgilashda rol o‘ynadi.
“Barselona” Gaviga yaqinda shartnoma uzaytirgan yosh o‘yinchilar, xususan, Ronald Arauxo darajasida maosh bermoqchi. Lekin agentlar o‘z mijoziga jamoaga yangi keladigan Frank Kesse va Andreas Kristensen oladigan miqdordagi maoshni undirishga harakat qilmoqda.
Gavi yakunlangan mavsumda 46 ta o‘yinda qatnashib, bir juft gol urgani va beshta assist qayd etgani u asosiy tarkib o‘yinchisi ekanidan dalolat beradi.
Fikrlar