10 iyun kuni O‘zbekiston - Suriya uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi
Mazkur o‘yin oldidan 10 iyun dushanba kuni "Milliy" stadionda ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.
Dastlab, soat 17:30da mehmonlar bosh murabbiyi jurnalistlar savollariga javob beradi. Keyin soat 18:00da Suriya terma jamoasining o‘yinoldi mashg‘uloti o‘tkaziladi. Soat 18:30da esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumani boshlanadi. Soat 19:00da esa O‘zbekiston milliy terma jamoasining mashg‘uloti bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar