
Rasman! Xanjchou-2022 Para Osiyo o‘yinlarining qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi
Xabaringiz bor, joriy yil 9-15 oktyabr kunlari Xitoyning Xanjchou shahrida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan Para Osiyo o‘yinlari Covid-19 sabab musobaqa tashkiliy qo‘mitasi (HAPGOC) hamda Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi (APC) tomonidan boshqa muddatga ko‘chirilgan edi.
Bugun Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi Xanjchoudagi Para Osiyo o‘yinlarining yangi sanasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, qit’amizning eng nufuzli sport tadbiri 2023 yilning 22-28 oktyabr kunlari o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo Olimpiya kengashi o‘tgan oy Xanjchou mezbonligida o‘tadigan Osiyo o‘yinlari 2023 yilning 23 sentyabridan 8 oktyabriga qadar bo‘lib o‘tishini e’lon qilgan edi.
“Biz APC Ijroiya kengashi tomonidan tasdiqlangan Para Osiyo o‘yinlarining yangi sanalarini e’lon qilishdan mamnunmiz. Shuningdek, biz HAPGOC (tashkilotchilar), Xitoy Paralimpiya qo‘mitasi va Xanchjou va Chjeszyan provinsiyalari hukumatlariga O‘yinlarning yangi sanalarda o‘tkazilishini ta’minlash uchun doimiy qo‘llab-quvvatlaganliklari va sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz”, - dedi APC prezidenti Majid Rashed.
Fikrlar