
Rasman: Kolo Muani — "Tottenxem" futbolchisi!
PSJga tegishli bo‘lgan Randal Kolo-Muani endi faoliyatini "Tottenxem"da davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, "shporlar" hujumchini mavsum oxirigacha 5 million evro evaziga ijaraga oldi. Biroq shartnomada sotib olish bandi ko‘zda tutilmagan.
Ma’lumot uchun, Kolo Muani o‘tgan mavsumni ham "Yuventus" safida ijarada o‘tkazgan edi. Uning "Transfermarkt" portalidagi narxi 30 million evroga baholangan.
Fikrlar