“Nasaf” — “Al Vihdat” o‘yini oldidan siz bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar (prevyu)

  • 11 aprel, 2022, 16:29
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ajdarlar" bugun OChLning ikkinchi turi doirasida Iordaniyaning eng sovrindor jamoasi "Al-Vehdat" klubi bilan to‘qnash keladi. Ushbu o‘yin oldidan eng muhim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashamiz.

Tecno

Bunga qadar jamoalar to‘qnash kelganmi?

E’tiborlisi shundaki, bugungi raqib "Nasaf"ga begona emas. Yaqin o‘tmishda klublar OFK Kubogi yarim finalida uchrashgan. Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Jahongir Jiyamurodovning yagona goli evaziga "ajdarlar" g‘alaba qozongan bo‘lsa, javob bahsida tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkan. Shu tariqa, Iordaniya klubi "Nasaf"ni OFK finaliga chiqishiga to‘sqinlik qila olmagan.

Birinchi turda "Nasaf" - "Al-Sadd" bilan kechgan o‘yindan so‘ng 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkan bo‘lsa, "Al-Vehdat" Saudiya Arabistoning "Al-Faysaliy"si bilan xuddi shunday natija qayd etdi. Hozir, guruhda vaziyat barcha jamoada bir xil. Ikkinchi tur ko‘p jihatdan hal qiluvchi bo‘lishi mumkin. Sababi, turnir startida aynan Qatar va Saudiya Arabistoni klublari pley-offga chiqish uchun asosiy da’vogar deb qayd etilgan edi.

Bahs oldidan murabbiylar fikriga quloq solamiz:

Ro‘ziqul Berdiev:

p34lpщ34lщpl3

Osiyo Chempionlar ligasiga 6 ta qiyin o‘yin o‘tkazish uchun kelinadi. Birinchi bellashuvdan keyin amin bo‘ldikki, bu erdagi daraja umuman boshqacha. Ertangi bahs qanchalik og‘ir kechishini sezib turibmiz. Yigitlarimiz bu to‘qnashuvga tayyor.

Uzoq masofadan tashrif buyurgan "Al-Vehdat" ishqibozlariga qoyil qoldim. Bu jamoaning muxlislar bilan yaxshi munosabat o‘rnatilganidan deb bilaman. Biz bunday bosimda o‘ynashga tayyormiz. Bilasiz, O‘zbekistonda ham stadionga ko‘plab muxlislar tashrif buyuradi. Superliganing birinchi turida 20 ming muxlis qarshisida o‘ynadik. Futbolchilarimda yuqori bosim ostida o‘ynash tajribasi bor.

Biz har qanday raqibga qarshi o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Birinchi tur ko‘rsatib berdiki, bu erda nafaqat o‘z o‘yiningni, balki raqib uslubini ham bilishing kerak bo‘ladi. Biz bu erga faqatgina "Al-Sadd" bilan o‘ynash uchun kelmadik.

Reyad Assaf:

alщщ43lщa3l4

Bu "Nasaf" bilan o‘zaro ikkinchi o‘yinimiz. Biz uchun juda muhim bahs. Bu uchrashuvga etarlicha tayyorgarlik ko‘rdik. Guruhdagi ikki o‘yin ham durang bilan tugadi. Demak, jamoalarning barchasida imkoniyat bor. Birinchi bahs doim qiyin bo‘ladi. Bu barcha uchun bir xil qoida. Muxlislarimiz yordami bilan yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. 3 ochko olishimiz mumkin edi. Biroq 1 ochko ham yomon emas.

"Nasaf" o‘yinni juda yaxshi tashkil etadigan jamoa. Ularning uslubi Evropa futboliga yaqin. Oldinda bizni qiyin uchrashuv kutmoqda.

Bilamizki, "Nasaf" o‘tgan yili OFK kubogida qatnashgan. Futbolchilar bir-birini yaxshi tushunadi. Biz raqib o‘yinini tahlil qilib chiqdik. Ertangi o‘yinda maydonda borimizni beramiz.

"Nasaf"ning o‘yin oldidan o‘tkazgan rasmiy mashg‘ulotidan suratlar

o‘3l4o‘pl34o‘lp

lo‘34o‘lpo‘l45po‘l45

po‘l4o‘lp3o‘lp

5o‘4rsho45shro4sh5or45shor

pl34o‘34lpo‘3l4p

Osiyo chempionlar ligasi, 2-tur"Nasaf" (O‘zbekiston) - "Al-Vehdat" (Iordaniya)

11 aprel 2022 yil, Dammam, "Shahzoda Muhammad Bin Fahd" stadioni.

22:15 (Toshkent vaqti)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bekmurodov Baxtiyor
11/04/2022 17:46
Olĝa ajdarlar
&
Abdulla Hikmatov
11/04/2022 16:59
Omad yor bo'lsin ajdarlarga