Kilian Mbappe Chempionlar ligasi to‘purarlar ro‘yxatida Myullerga tenglashib oldi

  • 17 sentabr, 04:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi 1-turida "Marsel"ga (2:1) qarshi o‘yinda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Tecno

Mazkur gollar futbolchi uchun turnirdagi 56- va 57-gollari bo‘lib, u musobaqaning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 6-o‘ringa ko‘tarildi va Tomas Myuller bilan tenglashdi. Hozirda undan yuqorida faqat Raul (71), Karim Benzema (90), Robert Levandovski (105), Lionel Messi (129) va Krishtianu Ronaldu (140) joy olgan.

Ma’lumot uchun, frantsuz futbolchisi "qirollik" klubi safida joriy mavsumda 5 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!