«Andijon» Abror Xusinov bilan kelishuvga erishdi

  • 12 yanvar, 2019, 18:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum «Metallurg» sharafini himoya qilgan Abror Xusinov joriy yilni «Andijon»da o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda

Tecno

Chap qanot va markaziy himoyada birdek xarakat qila oladigan, 30 yoshli futbolchi «burgutlar» a’zosi bo‘lganidan keyin shunday dedi:

 «Andijon» jamoasidan taklif bo‘lgach, yaxshilab o‘ylab ko‘rib, rozilik berdim. Klub vitse-prezidenti Ma’rufjon Abdisalomov bilan suhbatlashganimda, jamoaning maqsad va vazifalari haqida batafsil tushuntirdi va menga yuksak ishonch bildirayotganini aytib o‘tdi. O‘z navbatida men ham «Andijon» jamoasining muvaffaqiyatlariga o‘z hissamni qo‘shib, klub rivoji yo‘lida bor kuchimni ishga solishga tayyorman. Umid qilamanki, yangi jamoam safida mahalliy muxlislarning ishonchini oqlab, ularni xursand eta olamiz».

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!