
«Inter» «Bavariya» futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi
Milanning «Inter» klubi o‘z safini Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Arturo Vidalni o‘ safiga qo‘shib olish orqali kuchaytirmoqchi.
Italyan OAVda yozilishicha, «neradzurrillar» Chili terma jamoasi futbolchisi uchun 45 mln evro berishga tayyor. Uning o‘ziga esa yiliga 7 mln evro miqdoridagi maosh tayinlanadi. «Inter» klubi bosh murabbiyi Luchano Spaletti Vidalni o‘z jamoasida ko‘rishni juda ham istamoqda.
Ilgariroq, «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Vidalning boshqa jamoa safiga o‘tishiga yo‘l qo‘ymagan edi.
Fikrlar