
“Yuve” yulduzi Dibala Barselonaga keldi
“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala Turindan Barselona shahriga keldi. 27 yoshli hujumchi bu erda taniqli jarroh Ramon Kugat ko‘rigida bo‘ladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, argentinalik hujumchi jarohatidan tiklana olmayapti. Uning oyoqqa turish jarayonida ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotgani yo‘q. Bu holat “Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirloni ham xavotirga solmoqda.Ramon Kugat Pauloni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va u futbolchining tizzasini operatsiya qilish kerak, degan qarorga kelsa, hujumchi yana ma’lum muddat futboldan uzoqda qoladi.
Dibala 10 yanvar kuni A Seriyaning 17-turida “Sassuolo”ga qarshi o‘tkazilgan bahsda jarohat olib, o‘yinni erta tark etgandi. Paulo Joriy mavsumda 16 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga uchta gol urdi va ikkita golli pas oshirdi.
Fikrlar