
"Sporting" futbolchisida Covid-19 virusi aniqlandi
Lissabonning “Sporting” klubi futbolchilaridan biri koronavirusga chalindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Lekin, lissabonliklar hozircha Covid-19 virusini yuqtirib olgan futbolchi nomini oshkor qilishmayapti.
Ta’kidlash kerakki, Portugaliya chempionati koronavirus sabab 12 mart sanasidan buyon to‘xtatib qo‘yilgan edi.
Hozirgi paytgacha Er yuzida 3 millionga yaqin inson koronavirusga chalingan. Ularning 200 ming nafari kasallik oqibatida vafot etdi.
Fikrlar