
Zlatko Dalich: "G‘alaba qozondik, Ammo o‘yindan mamnun emasman"
Xorvatiya milliy terma jamoasi ustozi Zlatko Dalich Millatlar ligasida Shotlandiya ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin matbuot anjumanida quyidagicha gapirib o‘tdi:
"Men g‘alabadan xursandman. Biroq, o‘yindan umuman mamnun emasman. Lekin asosiysi uch ochko olish edi va biz buni uddaladik.
Butun o‘yin davomida qat’iylik va jangovarlik etishmadi. Bu barchangiz ko‘rib o‘rgangan Xorvatiya emas edi.
Yakunda g‘alaba qozondik bu yaxshi. Lekin, o‘yin sifatini oshirish ustida ishlashimiz kerak. Portugaliya va Polsha bilan kechgan o‘yinlarga qaraganda bugun sustroq o‘ynadik. Mazkur darajaga qaytishimiz kerak", - dedi Xorvatiya milliy terma jamoasi ustozi.
Fikrlar