
Zlatan "Milan"ning so‘zini ikki qilib, Italiyaga qaytishdan bosh tortmoqda
Xabaringiz bor “Milan” bundan bir necha kun oldin xorijda bo‘lib turgan legionerlariga 23 aprelgacha Italiyaga qaytishni buyurgan edi.
Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “rossonerilar”ning shvetsiyalik forvardi Zlatan Ibragimovich A Seriyada mavsum davom ettirilish sanasi aniq bo‘lgandagina Italiyaga qaytishini ma’lum qilgan.
38 yoshli Zlatan ayni damda Shvetsiyada bo‘lib turibdi va u erda o‘ziga tegishli bo‘lgan "Xammarbyu" klubi bilan birga mashg‘ulotlar olib bormoqda.
Aytish kerakki, 4 maydan boshlab Italiya klublari mashg‘ulotlarni boshlashlari mumkin. Chempionat o‘yinlari esa may oyi oxirida davom ettiriladi.
Ayni damda Ibragimovichdan tashqari Rafael Leau, Xakan Chalxanoglu, Simon Ker, Asmir Begovich va Lukas Paketalar ham o‘z yurtlarida bo‘lib turishibdi.
Fikrlar