Zidanning shogirdi ikkita taklif oldi

  • 19 fevral, 2021, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum yakunlanishi bilan erkin agentga aylanadigan Lukas Vaskesga hozirdan boshqa jamoalardan takliflar bo‘lyapti.

Tecno

“Real”ning 29 yoshli yarim himoyachisi “Everton” va “Napoli”dan jiddiy chorlov oldi. Bu klublar ispaniyalik futbolchining agentlari bilan dastlabki muzokaralarni davom ettirmoqda.

Zinedin Zidanning o‘zi esa shogirdini Madridda qolishini istamoqda. Biroq, frantsiyalik murabbiyning kursisi ancha qimirlab qolgan. Uning o‘z ham yozda iste’foga chiqarilishi mumkin.

Joriy mavsumda Lukas Vasket primerada 17 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi va uchta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!